Jo Bayden iqlim o‘zgarishiga rekord darajada sarmoya kiritdi 

Olam

image
0:00
0:00
download

AQSH Prezidenti Jo Bayden kecha, 16 avgust kuni iqlimni muhofaza qilish, mamlakatning energiya xavfsizligini ta’minlash va sog‘liqni saqlash tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga katta sarmoya kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini imzoladi. Bu haqda Oq Uy matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qonun loyihasida ko‘rsatilgan summa (375 milliard dollar) AQSHda so‘nggi o‘n yil ichida iqlim o‘zgarishiga qaratilgan eng yirik federal sarmoyadir.

Bundan tashqari, Amerikaning Medicare – keksalarga tibbiy yordam ko‘rsatish federal dasturi a’zolari uchun dori-darmonlarga qo‘shimcha xarajatlar 2000 dollar miqdorida belgilanadi. Sog‘liqni saqlash tashabbuslariga, xususan, dori-darmon narxlarini pasaytirishga 64 milliard dollar  yo‘naltirilgan.

Shuningdek, yangi chora-tadbirlar 13 million AQSH fuqarosiga COVID-19 pandemiyasi davrida beriladigan subsidiyalarni kengaytirish orqali tibbiy sug‘urtani qoplashga yordam beradi.

Ma’lum bo‘lishicha, mablag‘lar korporatsiyalarga soliqni oshirish hisobiga to‘planadi. Yirik kompaniyalardan olinadigan yangi soliqlar hamda badavlat jismoniy va yuridik shaxslardan olinadigan to‘lovlarni oshirish hisobiga byudjetga zarur mablag‘lar jalb qilinadi.

"Ushbu qonun loyihasi joriy yilning, 8 noyabr kuni AQSHda bo‘lib o‘tadigan oraliq saylovlarda Demokratik partiyaning mavqeini mustahkamlashga qaratilgan", deydi “Associated Press” agentligi.

Imzolash marosimida Bayden qonunni Respublikachilar partiyasi a’zolari tomonidan zaif qo‘llab-quvvatlanayotganini tanqid qilgan.

“Bu tarixiy lahzada demokratlar Amerika xalqi tomonida bo‘ldi va Kongressdagi har bir respublikachi ovoz berish jarayonida o‘zlarining alohida manfaatlaridan kelib chiqqan holda harakat qildi”, deydi u.

Joriy yilning, 12 avgust kuni qonun loyihasini qabul qilish chog‘ida AQSH Kongressi Vakillar palatasida ovozlar partiyalar bo‘yicha taqsimlangan. Qayd etilishicha, 220 ta demokrat tashabbusni qo‘llab-quvvatlagan, 207 ta respublikachi esa qarshi ovoz bergan. Bungacha qonun loyihasi AQSH Kongressi Senatida atigi bir ovoz (51-50) bilan ma’qullangan. Vitse-prezident, demokrat Kamola Xarrisning pozitsiyasi hal qiluvchi ahamiyat kasb etgan.

AQSH rasmiylarining fikricha, qonunda belgilangan chora-tadbirlar mamlakatdagi inflyatsiya darajasini pasaytiradi.

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

44

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing