Jo Bayden dunyo musulmonlarini Qurbon hayiti bilan tabrikladi

Olam

image

Bugun, 20 iyul kuni Qurbon hayiti munosabati bilan AQSH Prezidenti Jo Bayden va mamlakat birinchi xonimi Jill Bayden butun dunyo musulmonlarini tabrikladi. Bu haqda Oq uy saytida e’lon qilingan bayram tabrigida so‘z boradi

“Jill va men butun dunyo bo‘ylab Qurbon hayitini nishonlayotganlarga o‘zimizning eng samimiy salomlarimizni yuboramiz”, deyiladi bayram tabirigi kirish qismida. 

AQSH Prezidenti Haj ziyorati va Qurbon hayiti an’analari, ayniqsa, bu yil — koronavirus pandemiyasi tufayli vujudga kelgan qiyinchiliklar davrida juda ahamiyatli ekanini qayd etgan. 

“Amerika xalqi butun dunyo bo‘ylab COVID-19’ga qarshi kurashda yarim milliarddan ortiq vaksinani hayriya qilib, yetakchilik qilishdan faxrlanmoqda. Hayotlarni saqlab qolish va har qanday joyda pandemiyaga barham berish uchun barchamiz birgalikda harakat qilishimiz kerak”, deyiladi xabarda. 

Tabrikda Haj ziyorati haqida ham so‘z borib, u tenglik timsoli sifatida ta’riflangan hamda Qo‘shma Shtatalarda ham ushbu ziyoratni amalga oshirishni istovchi minlab amerikaliklar borligi qayd etilgan.

“Amerika xalqi nomidan biz barchaga xavfsiz va ajoyib bayramni tilaymiz. Hayit Muborak”, deyiladi tabrik so‘ngida.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

73

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing