Jizzaxning ayrim hududlariga kuchli yomg‘ir tufayli sel keldi
Jamiyat
−
20 aprel 2022
8268Bugun, 20 aprel kuni kuzatilgan kuchli yog‘ingarchilik oqibatida Jizzax viloyatining Baxmal, Forish, G‘allaorol va Sharof Rashidov tumanlarida sel oqimlari yuzaga keldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, sel kelishi oqibatida ayrim aholi yashash joylari, ijtimoiy soha ob’ektlari, ekin maydonlari zarar ko‘rgan.
Ayni paytda Baxmal tumanining “Nurafshon” MFY, Gulobod qishlog‘i, G‘allaorol tumanining Moltob QFY Moltob qishlog‘i, Sharof Rashidov tumani “Kuyovboshi” MFY hamda Forish tumani “Egizbuloq” MFYlarida viloyat FVB xodimlari tomonidan yog‘ingarchilik oqibatlarini bartaraf etish chora-tadbirlari ko‘rilmoqda.
Hodisa oqibatida jabrlanganlar va halok bo‘lganlar yo‘q.
Shuningdek, Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida ham kuchli yog‘ingarchilik kuzatilgani oqibatida sel kelgani aytilmoqda. Samarqand shahrining ko‘plab ko‘chalarida suv to‘planishi hodisalari kuzatilgan.
LiveBarchasi