Jizzaxlik qizning foto va videolarini internetda tarqatgan yigit qo‘lga olindi

Jamiyat

image

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida yashovchi qiz IIBga murojaat qilib, boshqalarga ko‘rsatib bo‘lmaydigan foto va videolarini noma’lum shaxs ijtimoiy tarmoqlarda tarqatayotganini bildirgan. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida foto va videotasvirlarni Jizzax shahrida yashovchi yigit tarqatayotgani aniqlangan.

Yigit ushbu foto va videotasvirlarni Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida yashagan, hozirda Rossiya Federatsiyasiga mavsumiy ishchi sifatida ishlashga ketgan jabrlanuvchining tanishi unga tarqatish uchun berganini ma’lum qilgan.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan har ikki yigitga nisbatan Jinoyat kodeksining 140-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sohiba Komilovna


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

2386

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing