Jizzaxdagi mudhish YTHda 3 kishi halok bo‘ldi

3-sahifa

image

Jizzax viloyatida sodir bo‘lgan mudhish yo‘l-transport hodisasi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Jizzax viloyati Forish tumani “Uchma” MFY hududidan o‘tgan “Jizzax – Forish – Qizilcha” 4R-36 yo‘lining 85-kilometrida yo‘l transport hodisasi ro‘y berdi. Unda Navoiy viloyati Nurota tumani “Sintop” QFYda yashovchi J.S. boshqaruvidagi Cobalt Forish tumani “Qo‘lba” QFYda yashovchi Z.D. boshqaruvidagi “GAZ-31” bilan to‘qnashgan.

Hodisa oqibatida Cobalt’da yong‘in kelib chiqqan va ushbu avtomobil haydovchisi J.S. hamda uning manzildoshi, yo‘lovchi X.G. kuyish jarohatidan vafot etgan. Shuningdek, “GAZ-31” haydovchisi B.T. tuman tibbiyot birlashmasida ko‘rsatilgan yordamga qaramasdan hayotdan ko‘z yumgan. 

Mazkur avtomobilda bo‘lgan haydovchining hamqishlog‘i, yo‘lovchi I.E. esa bosh miya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi, chap boldir suyagining yopiq sinishi tashxisi bilan shifoxonaning travmatologiya bo‘limiga yotqizilgan.

Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

98

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing