Jizzaxda yuk mashinasi va Nexia to‘qnashishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi

3-sahifa

image

Jizzaxda katta tezlik bilan harakatlanib kelayotgan Nexia-3 rusumli avtomobil Zil-130 yuk mashinasiga urildi. Oqibatda bir kishi vafot etdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Yo‘l-transport hodisasi joriy yilning 19 may kuni  soat 16:30 larda Paxtakor tumani hududidan o‘tgan Jizzax–Paxtakor–Do‘stlik–Gagarin 4R-35 avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan. 

41 yoshli haydovchi boshqaruvida bo‘lgan Nexia-3 Jizzax–Gagarin yo‘nalishi bo‘ylab katta tezlikda harakatlanib ketayotgan vaqtida o‘zidan oldinda bo‘lgan, chapga manyovrni amalga oshirayotgan Zil-130 yuk mashinasining kuzov qismiga borib urilgan. 

YTH oqibatida Nexia-3 salonida bo‘lgan yo‘lovchi turli tan jarohatlari olib, ko‘rsatilgan muolajalarga qaramay shifoxonada vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

137

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing