Jizzaxda YPX xodimi haydovchini so‘kdi. Holatga rasmiy izoh berildi

Jamiyat

image

Jizzax shahrida haydovchini so‘kkan YPX xodimi yuzasidan viloyat IIB YHXB surishtiruv harakatlarini olib bormoqda. Bu haqda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi Axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 12 aprel kuni Jizzax viloyati IIB YHXB YPX xodimlari Z.P., Z.G‘. va Sh.M. Jizzax shahar Islom Karimov shoh ko‘chasida tungi xizmatni olib borayotgan vaqtida, YPX inspektori Sh.M. tomonidan “Vaz-2108” rusumli avtomobil haydovchisi yo‘l harakati qoidalarining 99-bandida belgilangan talablarga amal qilmasdan harakatlangani bois to‘xtatilgan.

YPX xodimi haydovchidan me’yoriy hujjatlarini taqdim qilishini so‘raganda, haydovchi hujjatlarini taqdim eta olmagan. Haydovchi A.J.ga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy bayonnoma tuzilib, boshqaruvida bo‘lgan transport vositasi vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga maxsus evakuator yordamida olib ketilayotganda haydovchi YPX xodimiga e’tiroz bildirib, qarshilik ko‘rsatgan. 

YPX inspektori Sh.M. haydovchi bilan muloqot jarayonida nosamimiy munosabatda bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan Jizzax viloyati IIB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

682

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing