Jizzaxda yangi sement zavodi qurilishi boshlandi

Jamiyat

image

Jizzax viloyatining Zafarobod tumani Chimqo‘rg‘on qishlog‘i atrofida yana bitta sement mahsulotlari ishlab chiqaruvchi “Xuasin sement Jizzax” mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi xorijiy korxona qurilishi boshlandi.

Xitoy Xalq Respublikasining “Xuasin sement” kompaniyasi tomonidan barpo etilayotgan korxonaning tamal toshini qo‘yishga bag‘ishlangan tantanali marosimda viloyat, tuman hokimlari, ularning o‘rinbosarlari, viloyatdagi boshqarma va tashkilot rahbarlari, keng jamoatchilik vakillari, quruvchilar va xorijlik mehmonlar ishtirok etdi.

Loyiha qiymati 300 million AQSH dollar bo‘lgan korxonaning 150 million AQSH dollarlik birinchi bosqichi joriy yilning dekabr oyida ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Ushbu loyihaning birinchi bosqichi ishga tushgach 2020 yilda 1 million 200 ming tonna 500 kilogramm/santimetr kvadrat markadagi mustahkam va yuqori sifatli sement ishlab chiqarishga erishiladi.

Soha mutaxassislarining aniqlashlaricha korxonadan bir chaqirimcha uzoqda joylashgan Baliqli tog‘ va Ko‘tarma tog‘ bag‘ridan topilgan ohaktosh zaxiralari sement korxonalari uchun 150 yilga yetishi mo‘ljallangan. Shu sababli, mazkur hududda yangi sement zavodi qurilmoqda. 

Loyiha to‘liq quvvatda ishga tushgach, 300 dan ziyod yangi ish o‘rinlari yaratiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Xuasin' tsement Jizzax

Baholaganlar

44

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar