Jizzaxda o‘qituvchisi kaltagidan qo‘rqqan o‘quvchi hushidan ketdi
3-sahifa
−
05 mart
8873Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyatidagi maktablardan birida 1-sinf o‘quvchisi hushidan ketgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Bosh prokuratura ma’lumot berdi.
Videodan ko‘rish mumkinki, o‘qituvchi bir necha o‘quvchini doskaga chiqarib, ularni birma-bir urib chiqqan. O‘sha paytda o‘quvchilardan biri hushini yo‘qotib, yiqilib tushgan.
Aniqlanishicha, mazkur holat Jizzax viloyatining Paxtakor tumanidagi 9-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida sodir bo‘lgan.
“1-sinf rahbari S.S. (ayol) imtihon olgan vaqtida, qoniqarsiz baho olgan o‘quvchilarni doska yoniga chiqarib, ularga tanbeh bergan vaqtida, shu sinf o‘quvchisi o‘zini tuta olmasdan yiqilib tushgan”, deyiladi Bosh prokuratura xabarida.
Hodisa yuzasidan ichki ishlar organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda. Ushbu tekshiruv harakatlari Jizzax viloyati prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr