Jizzaxda o‘g‘rincha oltin qazib olayotgan shaxs ushlandi
3-sahifa
−
19 dekabr 2022 9469 1 daqiqa
Jizzax viloyatida fuqaro noqonuniy ravishda rudadan oltin ajratib olayotgani aniqlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, G‘allaorol tumani “Lalmikor” mahallasida fuqaro Sh.E.ning uyidan 100 kilogramm ruda, 2 dona dvigatel hamda qo‘lbola usulda tayyorlangan tosh maydalash uskunasi borligi aniqlangan.
U bu qurilmalar yordamida oltin ajratib olgan. Xomashyo hamda qonunbuzarlik qurollari hujjatlashtirib olingan.
Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Live
Barchasi