Jizzaxda tuman hokimligi mansabdorlariga jinoyat ishi ochildi

3-sahifa

image

Jizzax viloyatining Zarbdor tumanida baliqchilik uchun ajratilgan yerdan boshqa maqsadlarda foydalangan xususiy korxona aniqlandi. Holat bo‘yicha tuman hokimligi mas’ullariga nisbatan jinoyat ishi ochildi. Bu haqda viloyat hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Jizzax viloyati prokuraturasi tomonidan mavjud sun’iy baliqchilik havzalarida “Baliqchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori ijrosi yuzasidan tekshirish jarayonlari o‘tkazilgan.

Natijada Zarbdor tuman hokimining tegishli qarori bilan Ch.N. rahbarligidagi “M.P” xususiy korxonasiga baliqchilikni rivojlantirish maqsadida sun’iy havza yaratish uchun jami 20 gektar suvli yer maydoni ijaraga ajratilgan.

Tuman hokimligi mas’ul mansabdor shaxslari tomonidan monitoring ishlari o‘tkazilmagani oqibatida “M.P” xususiy korxona rahbari Ch.N. o‘ziga ajratilgan yerdan tashqari qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish uchun mo‘ljallangan 48 ball bonitetiga ega bo‘lgan jami 9 gektar yer maydonini noqonuniy egallab, davlat va jamiyat manfaatlariga naqd 4 milliard 400 million so‘m miqdorda zarar yetkazganligi oshkor bo‘lgan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Zarbdor tuman hokimligi mas’ul mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 205-moddasi hamda “M.P” xususiy korxona rahbari Cho‘rtanboy Nahangboyevga nisbatan 192-11-moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Jizzax

Baholaganlar

212

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing