Jizzaxda Suriyadagi jangarilarga qo‘shilish ”orzusida”gi shaxslar ushlandi

3-sahifa

image

Jizzaxda Suriyaga borib, jangarilar safiga qo‘shilmoqchi bo‘lganlar ushlandi. Bu haqda viloyat hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi hamda Davlat xavfsizlik xizmatining viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida xalqaro terrorchilik tashkiloti safiga borib qo‘shilishni rejalashtirgan X.B. ismli fuqaro qo‘lga olingan. 

U Paxtakor tumanida yashagan 1999 yilda tug‘ilgan. 2019-2021 yillar mobaynida ishlab pul topish maqsadida xorijiy davlatlarda bo‘lgan.

“Bu jarayonda “Tavhid va jihod katibasi” xalqaro terrorchilik tashkilotining yollovchilari g‘oyaviy ta’siriga tushib qolib, yashash manziliga qaytib kelganidan so‘ng ularning g‘oyalarini 10 nafardan ortiq tengdoshlari orasida faol targ‘ib qilgan”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, uning Suriyaga borib, xalqaro terrorchilik tashkilotlari safiga qo‘shilishni rejalashtirganligi aniqlangan va ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

302

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing