Jizzaxda Suriyadagi terrorchilik tashkiloti tarkibiga kirmoqchi bo‘lganlar ushlandi
3-sahifa
−
15 iyun 2021
8430Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida terrorchilik tashkiloti tarkibiga kirmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 12 iyun kuni huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar jarayonida Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida yashovchi bir guruh shaxslar Suriya Arab Respublikasida terrorchilik harakatlarini amalga oshirayotgan “Tavhid va jihod katibasi” xalqaro terrorchilik tashkiloti tarkibiga qo‘shilishni rejalashtirayotgan ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Mazkur fuqarolar xorijda bo‘lishi davomida Internet tarmog‘i orqali terrorchilik tuzilmalari yollovchilarining ta’siriga tushib, yashash manzillariga qaytib kelgandan so‘ng ushbu terrorchilik tashkilotining buzg‘unchi g‘oyalarini aholi orasida faol targ‘ib qilib kelgani aniqlangan.
Hozirda surishtiruv va tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi