Jizzaxda sevgan yigiti unga uylanishni rad etgach, ona o‘z egizaklarini o‘ldirdi
Jamiyat
−
07 mart 2020
31761Jizzax viloyatining “Oqoltin ostonasi ko‘rki” fermer xo‘jaligi hududidagi beton ariq yonida sumka ichida qora rangli politielen paketga solingan o‘g‘il bola jinsiga mansub egizak chaqaloqlarni o‘lik holda topilgani katta shov-shuvga sabab bo‘ldi.
Aniq ma’lumotlarga ko‘ra, chaqaloqlar jasadi viloyatning Do‘stlik tumani, “Manas” qishloq fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi 1974 yilda tug‘ilgan O‘.R. tomonidan topilgan. U bu haqda hudud profilaktika inspektorining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchisiga ma’lum qilgan.
Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, chaqaloqlar 20-21 haftalik kam vaznli bo‘lib tug‘ilgan.
“Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida chaqaloqlarni Manas qishloq fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi turmushga chiqmagan 1998 yilda tug‘ilgan X.G. tug‘ib tashlab ketgani aniqlandi”, deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, ona o‘z bolalarini sevgan yigiti, bolalarining otasi unga uylanishni rad etgach, bo‘g‘ib o‘ldirgan. Voqea yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda.
LiveBarchasi