Jizzaxda ota aliment o‘rniga farzandlariga 2 ta uy berdi

Jamiyat

image

Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumanida erkak 2 nafar qiz farzandi uchun aliment o‘rniga 2 ta uy berdi. Bu haqda viloyat prokuraturasi Matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, Mirzacho‘l tumanida yashovchi N.T. eri M.T. bilan kelishmovchilik sabab 2016 yildan beri alohida yashab kelgan. Shu bilan birga ularning o‘rtasida 2 nafar qiz farzand ham bo‘lgan. Ayol fuqarolik ishlar bo‘yicha tuman sudiga murojaat qilgan va Majburiy ijro byurosi tuman bo‘limi tomonidan holat o‘rganib chiqilgan.

Xabarga ko‘ra, erkak o‘zining taklifi bilan Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumani Do‘stlik mahallasidan 1 xonalik va G‘alaba mahallasidan 3 xonalik uyni aliment to‘lovi bekor qilinishi evaziga bergan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

323

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing