Jizzaxda oltin izlovchilar tosh tagida qolib vafot etdi

Jamiyat

image

Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida pul topish ilinjida nojo‘ya va xavfli ishlarga qo‘l urgan 4 nafar oltin izlovchi tosh tagida qolib vafot etdi. Bu haqda Jizzax viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, 26 yanvar kuni “Buloqboshi” qishloq fuqarolar yig‘ini “Avliyo” qishlog‘ida yashagan to‘rt nafar fuqaro aholi yashash joyidan taxminan 7-8 kilometr uzoqlikda joylashgan tog‘dan o‘zlarini xavf ostiga qo‘yib, tog‘ bag‘riga 12-15 metr qazib kirib ruda olishayotgan paytda tosh fuqarolarni bosib qolgan. 

Buning oqibatida ikki nafar fuqaro chuqurdan chiqa olmasdan vafot etgan. 2 nafari esa turli xil darajadagi sinish va boshqa tan jarohatlari bilan tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Jizzaxda 2017 yildan to shu kunga qadar ushbu toqqa chiqib, noqonuniy ravishda tarkibida qimmatbaho oltin zarralari bor bo‘lishi mumkin bo‘lgan ruda toshlarni talon-toroj qilganlik holati bo‘yicha bir necha fuqaro javobgarlikka tortilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

423

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing