Jizzaxda noma’lum hayvon go‘shtini olib ketayotgan shaxslar ushlandi
Jamiyat
−
02 noyabr 2022
8969Jizzax viloyatining Do‘stlik tumanida o‘tkazilgan reydda “ISUZU” avtomashinasi to‘xtatilganda, uning yukxonasidan noma’lum hayvonga tegishli jami 1,2 tonna go‘sht mahsuloti borligi aniqlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Do‘stlik tumanida joylashgan “Manas-14” yo‘l-patrul xizmati maskanida reyd o‘tkazilgan. Ushbu reyd davomida “Samarqand-Toshkent” yo‘nalishida harakatlanayotgan “ISUZU” to‘xtatilib, avtomashina yukxonasidan noma’lum hayvonga tegishli jami 1 tonna 200 kg. go‘sht mahsuloti topilgan.
O‘rganishlar natijasida ushbu go‘sht mahsuloti Samarqand viloyatidan Toshkent shahriga sotish maqsadida olib ketilayotgani aniqlangan.
Shuningdek, go‘sht mahsulotining iste’molga yaroqli yoki yaroqsizligini aniqlashtirish uchun vaqtincha muzxonaga joylashtirilgan.
LiveBarchasi