Jizzaxda mashina ikki nafar o‘quvchini urib yubordi

3-sahifa

image
Jizzaxda mashina ikki nafar maktab o‘quvchisini urib yubordi. Ulardan biri vafot etgan. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi. 
 
Qayd etilishicha, yo‘l transport hodisasi joriy yilning 9 dekabr kuni soat 18:00 atrofida Sharof Rashidov tumani "Saraylik" MFY Zarafshon ko‘chasida sodir bo‘lgan. Shu mahallada istiqomat qiladigan haydovchi boshqaruvida bo‘lgan "GAZ-24" rusumli avtomobil yo‘lni kesib o‘tayotgan 7-sinf o‘quvchisi va uning 6-sinfda o‘qiydigan ukasini urib yuborgan. 
 
Oqibatda bolalardan biri og‘ir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan. Ikkinchisi esa bosh miya chayqalishi tashxisi bilan Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazining Jizzax viloyati filialiga yotqizilgan.  
 
Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan YTH sabablari o‘rganilganda, avtohalokat sodir bo‘lgan ko‘chada yo‘l yoritish chiroqlari o‘rnatilmagani, yo‘lning qatnov qismida esa notekisliklar mavjudligi ma’lum bo‘lgan.

Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

148

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing