Jizzaxda mahkum o‘zini osib qo‘ydi
Jamiyat
−
21 noyabr 2021
20335Joriy yilning 17 noyabr kuni soat 15:00 atrofida Jizzax viloyati Zafarobod tumanida joylashgan 30-sonli manzilli koloniyada jazo muddatini o‘tayotgan mahkum o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda Jizzax viloyati IIB ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, Sharof Rashidov tumani “Qahramon” MFYdagi MCHJda shartnoma asosida mehnat qilayotgan mahkum o‘z ish joyini tashlab ketgan. U shu kuni soat 22:00 larda o‘zi yashagan Baxmal tumani Qir qishlog‘iga borib, qo‘shinisining o‘ng qo‘l kafti va qorin qismiga oshxona pichog‘i bilan bir necha marta jaroxat yetkazib, voqea joyidan qochib ketgan.
Jabrlanuvchi qorin bo‘shlig‘iga o‘tkir tig‘li jism bilan sanchilib kirgan jarohati tashxisi bilan shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.
Mazkur jinoyatni sodir etgan shaxsning jasadi 18 noyabr kuni soat 00:30 larda Baxmal tumani hududidagi “Chorshanba” dexqon bozoridan topilgan. U bozor hududidagi savdo do‘koni ayvoniga o‘zini osgani xabar qilinmoqda.
LiveBarchasi