Jizzaxda Lacetti haydab ketayotgan 7-sinf o‘quvchisi aniqlandi (video)

Jamiyat

image

Jizzax viloyatida 13 yoshli bolaning Lacetti rusumli avtomobil haydab ketayotgani aniqlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi Matbuot xizmati xabar berdi

Qayd etilishicha, Zomin tumanida YPX xodimlari tomonidan Lacetti rusumli avtomobil to‘xtatilgan. Shunda avtomobil boshqaruvidan 13 yoshli, 7-sinfda o‘qiydigan bola tushib kelgan. Avtomobil salonida ushbu bolaning ukasi va singlisi ham borligi aniqlangan.

YPX xodimining “Avtomobil boshqarganingiz haqida ota-onangizning xabari bormi?”, deb bergan savoliga 7-sinf o‘quvchisi quyidagicha javob qaytargan:

“Ha, xabarlari bor, o‘zimizning ko‘chada bir yildan beri boshqarib yuraman”.

Ma’lum qilinishicha, mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, avtomobil vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

212

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing