Jizzaxda xalqaro umummavsumiy kurort tashkil etiladi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zomin” turistik-rekreatsion zonasini va xalqaro umummavsumiy kurortni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Farmonga ko‘ra, quyidagilar tashkil etildi: 

  • “Zomin” turistik-rekreatsion zonasi;
  • “Zomin” turistik-rekreatsion zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasi;
  • Turistik zona hududida “Suffa platosi. 2 400” xalqaro umummavsumiy kurorti va “O‘riklisoy” turizm majmuasi.

Turistik zona faoliyat ko‘rsatish muddati keyinchalik uzaytirish imkoniyati bilan 30 yilga tashkil qilinadi.

2024 yil 1 yanvarga qadar qayta tiklanuvchi energiya manbalarini tashkil etish uchun tadbirkorlar tomonidan import qilinadigan asbob-uskunalar, texnika, xomashyo, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar va boshqa materiallar bojxona to‘lovlaridan (qo‘shilgan qiymat solig‘i va bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlardan tashqari) ozod etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

56

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing