Jizzaxda kattaligi yong‘oqdek do‘l yog‘di

Jamiyat

image

Bugun, 3 avgust kuni Jizzax viloyati Zomin tumani “Duoba” tog‘li hududlarida kuchli chaqmoq-momaqaldiroqli jarayonlardan do‘l hodisalari kuzatildi.

Ta’kidlanishicha, ba’zi do‘llarning kattaligi yong‘oqdek keladi. Ayni damda kuchli jala va do‘l yog‘ish hodisalaridan so‘ng, Zomin tog‘liklarida havo harorati pasayib ketdi.

Eslatib o‘tamiz, 1 avgust kuni Zomin tumanining tog‘li hududida yong‘in chiqqandi. Ushbu holatda 80 gektar maydon quruq o‘t va daraxtlar yongan. Yong‘inni bartaraf etishda 14 ta yong‘in o‘chirish ekipaji va 1 ta yong‘in qutqaruv otryadi, 4 ta vertolyot jalb etilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

97

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing