Jizzaxda qo‘lbola biofaol qo‘shimchalar sotayotgan shaxslar ushlandi
Jamiyat
−
03 iyun 2020
5710Jizzax viloyati bojxona boshkarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga karshi kurashish bo‘limi xodimlari Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda Jizzax shahri hududida tezkor tadbir o‘tkazishdi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra,tadbir davomida fuqaro G‘.S. qo‘lbola usulda tayyorlangan 10 quti biofaol qo‘shimchalarni sotayotganligi aniqlandi.
Shundan so‘ng, fuqaro G‘.S.ning ko‘rsatmasiga asosan Navoiy viloyati hududida boshqa bir fuqaro D.I ham 15 dona qalbaki biofaol qo‘shimchalarni sotayotganda qo‘lga olingan.
Shuningdek, D.I o‘zi ixtiyoriy ravishda yashash xonadonida saqlayotgan dastlabki qiymati 18 020 000 so‘mlik, jami 53 quti sifati kafolatlanmagan biofaol qo‘shimchalarni tezkor guruh ishtirokchilariga taqdim etgan.
“Mazkur o‘tkazilgan tadbirlar davomida huquqbuzarlardan dastlabki qiymati 26 520 000 so‘mlik, jami 78 quti biofaol qo‘shimchalar ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi”, deyiladi xabarda.
Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
LiveBarchasi