Jizzaxda Qozon Federal universiteti filiali ochiladi

Jamiyat

image

Jizzax shahrida Qozon Federal universiteti filiali tashkil etiladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining “Jizzax shahrida Qozon Federal universiteti filiali faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilandi.

Hujjatga qo‘ra:

•    ta’lim faoliyati 2022/2023 o‘quv yilidan boshlanadi. Filialga talabalarni o‘qishga qabul qilish davlat granti hamda to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi;

•    geologiya, dasturiy muhandislik, iqtisodiyot, mashinasozlik, davolash ishi, stomatologiya, farmatsiya, tibbiy biokimyo kabi yo‘nalishlar va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlanadi;

•    kadrlar tayyorlash kunduzgi, sirtqi va boshqa shakllarida olib boriladi. Bitiruvchilarga O‘zbekiston va Rossiyada tan olinadigan Universitet diplomi beriladi;

•    o‘qishga qabul qilish va bitiruvchilarni attestatsiyadan o‘tkazish Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda Universitet tomonidan belgilanadi;

•    Filial professor-o‘qituvchilarining 40 foizdan kam bo‘lmagan miqdorini Universitet va xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining professor-o‘qituvchilarini dars berishga va ilmiy faoliyatga jalb etish orqali shakllantiradi.

Shuningdek, 2021/2022 o‘quv yilidan Universitet O‘zbekiston Milliy universiteti hamda uning Jizzax filiali bilan hamkorlikda “Dasturiy injiniring”, “Farmatsiya” va “Axborot tizimlari va texnologiyalari” ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlashni boshlaydi hamda mazkur dasturga qabul qilingan talabalar kelgusida o‘qishlarini Filialda davom ettiradi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

111

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing