Jizzaxda qariyb 700 mln topgan moliyaviy piramida tashkilotchilari ushlandi
3-sahifa
−
18 may 2022
8976Jizzax shahrida moliyaviy piramidani targ‘ib qilish orqali fuqarolarning 692,3 mln so‘mini qo‘lga kiritgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Jizzax shahrida yashovchi fuqarolar Yu. M., Sh. I. va boshqalar 2022 yilning mart oyida Instagram ijtimoiy tarmog‘i orqali Gift Of Legacy nomli o‘yinni o‘tkazib, tashkilotchilarning plastik kartasiga kamida 200 ming so‘m yoki 50 AQSH dollari miqdoridagi mablag‘ni o‘tkazib bersa, qisqa muddatda ushbu mablag‘ni 7−8 barobarga ko‘paytirib berishni va’da qilgan.
Ular Telegram messenjerida “200 ming so‘mlik va 50 AQSH dollarlik onlayn gap” nomli guruhni tashkil etib, o‘yin ishtirokchilarining 692,3 mln so‘mini o‘zlari va tanishlarining plastik kartalarga o‘tkazib olishga erishgan. Pul mablag‘larining bir qismini esa keyingi ishtirokchilar hisobidan dastlabki ishtirokchilar hisobiga o‘tkazib bergan.
Xabarga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 188−1-moddasi (pul mablag‘larini va (yoki) boshqa mol-mulkni jalb etishga doir noqonuniy faoliyat) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi