Jizzaxda qarindoshi tomonidan kaltaklangan 3 yashar qizaloq vafot etdi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Jizzaxda uch yoshli qizaloq qarindoshi tomonidan kaltaklandi. Oqibatda qizcha vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, 2020 yilda Turkiya davlatiga chiqib ketgan  A.Q. ismli shaxs o‘zining qizini tegishli hujjatlarsiz Jizzax viloyati Paxtakor tumani "Toshkent" MFYda yashovchi fuqaro D.Yu. qaramog‘iga topshirgan.

D.Yu. esa 2019 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan Sh.Q.ga qasddan og‘ir tan jarohati yetkazgan. Oqibatda Sh.Q. o‘ziga kelmasdan, joriy yilning 13 avgust kuni shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan D.Yu. nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi tegishli qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, sud ajrimiga ko‘ra unga qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda mazkur jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Tergovning borishi ustidan viloyat prokurori tomonidan alohida nazorat o‘rnatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

673

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing