Jizzaxda ikki mahkum manzil koloniyadan “qochib ketdi”

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyati Zafarobod tumanidagi qamoqxonadan o‘ta xavfli ikki jinoyatchi qochib ketgani haqida xabarlar tarqaldi.

QALAMPIR.UZ xabarga aniqlik kiritish maqsadida IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti (JIED) Tarbiyaviy ishlarni tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i Jamshid Sultonov bilan bog‘landi.

Sultonovga ko‘ra, mahkumlar qamoqxonadan emas, manzil koloniyadan chiqib, noma’lum tomonga ketib qolgan va shu sababli ular rasman qidiruvga berilgan.

Qochoq mahkumlardan biri 1992 yil Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan Muhammadsodiq No‘monov, ikkinchisi esa 1986 yil Andijon shahrida tug‘ilgan Azizbek Qodirovdir.

Ayni paytda koloniyadan qochgan ikki nafar jinoyatchini qidirish uchun juda katta kuch jalb qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq saytimizda “Shoushenkdan qochish”: o‘zbekistonlik mahkumlar qamoqdan qochadimi?” sarlavhali maqola e’lon qilingan edi. Unda qamoqxona va manzil koloniyalarning farqi ko‘rsatib berilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing