Jizzaxda erkak rashk sabab mahalladoshini 7 marta pichoqlab o‘ldirdi
3-sahifa
−
17 avgust 2021
10641Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida ikki fuqaro qasddan sodir etilgan qotillik qurboni bo‘ldi. Bu haqda viloyat ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, joriy yil 10 avgust kuni tumanda ikki shaxs bir-biri bilan janjallashib qolgan. Oqibatda biri ikkinchisini pichoqlab qo‘ygan. Jabrlanuvchi olgan jarahotlari tufayli voqea joyida vafot etgan.
Shuningdek, ushbu tumanda vaqtinchalik ro‘yxatda turuvchi erkak xotini sabab haydovchi bo‘lib ishlaydigan mahalladoshini 7 marta pichoqlagan. Jabrlanuvchi voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holatlar yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzaxda uka o‘z akasini pichoqlab o‘ldirib qo‘ygani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi