Jizzaxda er xotinini temir bilan urib o‘ldirib qo‘ydi

3-sahifa

image

Joriy yilning 2 sentyabr kuni Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida er o‘zaro janjal sabab turmush o‘rtog‘ini o‘ldirib qo‘ydi. Bu haqda Jizzax viloyati IIB Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 2 sentyabr kuni Jizzax viloyatining G‘allaorol tumani Baxt mahallasida tungi soat 02:00 da er-xotin o‘rtasida oilaviy nizo kelib chiqqan. 1982 yilda tug‘ilgan er xotinining bosh qismiga armatura bo‘lagi bilan urib, unga og‘ir tan jarohati yetkazgan.

Oqibatda jabrlanuvchi tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Ammo muolajalarga qaramay, jabrlanuvchi vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2 sentyabr kuni Jizzax viloyatining Zarbdor tumanida er o‘zaro janjal oqibatida xotinini o‘ldirib qo‘ygan edi.

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

382

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made