Jizzaxda er xotinini pichoqlab o‘ldirdi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Jizzaxda er-xotin o‘rtasidagi janjal o‘lim bilan yakunlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi ma’lum qildi.

Joriy yilning 19 dekabr kuni soat 18:00 da fuqaro B.I. va turmush o‘rtog‘i N.I. o‘rtasida oilaviy kelishmovchilik sababli janjal kelib chiqqan. Janjal vaqtida B.I. oshxona pichog‘i bilan turmush o‘rtog‘ining o‘ng yelka qismiga urib, tan jarohati yetkazgan. 

Oqibatda 1975 yilda tug‘ilgan N.I. og‘ir tan jarohati olib, shifoxonaga olib borilgan. Biroq muolajalarga qaramay, ayol vafot etgan. B.I. protsessual tartibda ushlanib, vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan.

Qayd etilishicha, gumonlanuvchi B.I. shu vaqtga qadar spirtli ichimlik iste’mol qiluvchilar va oilaviy janjalkashlar sifatida Ichki ishlar organlari profilaktik hisobida turmagan. Shuningdek, ushbu oila mahallada ijobiy tavsiflanib, nizoli oilalar ro‘yxatina olinmagan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksning 104-moddasi 3- qismi “d” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

498

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing