Jizzaxda er-xotin hammomdan o‘lik holda topildi

3-sahifa

image

Joriy yilning 10 fevral kuni Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida er-xotin is gazidan zaharlanib, vafot etgani aytildi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, o‘sha kuni soat 11:00 larda Sharof Rashidov tumani IIB navbatchilik qismiga kelib tushgan xabarga ko‘ra, tumanning “Toshkentlik” MFY, Uch yil ko‘chasi, 14-uyda doimiy istiqomat qiluvchi A.U. va turmush o‘rtog‘i Yu.U.ning murdalari yashash xonadonining hammomidan topilgan.

Qayd etilishicha, er-xotin 9 fevral kuni tunda yuvinish xonasiga kirib, ertalab tonggi 8:00 gacha u yerdan chiqmagan. Bundan xavotirga tushgan ularning ikki o‘g‘li xabar olish maqsadida borganda ayanchli holatga guvoh bo‘lgan. Shuningdek, uyda ulardan boshqa kishi bo‘lmagan.

Hodisa joyini ko‘zdan kechirish davomida marhumlarning murdalari yotgan xamomdan qo‘l bola usulda qurilgan isitish moslamasidan is gazi sizib chiqayotganligi aniqlangan.

Qayd etilishicha, marhum A.U. va turmush o‘rtog‘i Yu.U. o‘limi sabablarini aniqlash maqsadida, sudga oid tibbiyot ekspertizalari tayinlangan. 

Mazkur xolat yuzasidan Sharof Rashidov tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made