Jizzaxda bank boshqaruvchisi bo‘lim boshlig‘ini otib qo‘ydi.
3-sahifa
−
18 sentabr 2022 43739 1 daqiqa
Jizzaxda bank boshqaruvchisi o‘z xodimiga o‘q uzdi. Xodim tirik, u olgan tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan. Bu haqda Jizzax viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.
2022 yilning 16 sentyabr kuni soat 22:30 larda Zomin tumani “Taraqqiyot” MFYda yashovchi AT Xalq banki Zomin filiali boshqaruvchisi N.M. yashash xonadoni oldida AT Xalq banki Zomin filialida bo‘lim boshlig‘i vazifasida ishlovchi spirtli ichimlik ta’sirida bo‘lgan N.J. bilan o‘zaro tortishib, janjallashgan. Oqibatda bank boshqaruvchisi N.M. tan jarohati yetkazish maqsadida sport (tir) qurolidan bir marotaba otib, N.J.ga tan jarohati yetkazgan.
N.J. ko‘krak qafasining chap yon qismi yuza jarohati tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Tergovga qadar tekshiruv harakatlari Zomin tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan olib borilmoqda.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust