Jizzaxda avtobus va yuk avtomobili to‘qnashdi. Qurbonlar bor
Jamiyat
−
25 avgust 2020
11752Bugun, 25 avgust kuni soat 14:32 larda, Jizzax viloyati hududidan o‘tgan xalqaro ahamiyatga ega M39 “Termiz-Toshkent” avtomobil yo‘lining 965-kilometrida avtobus va yuk avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. YTH natijasida ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi
Haydovchi, 1983 yilda tug‘ilgan M.R. ZHONGTONG BUS LCK6127HGN rusumli avtobusni boshqarib ketayotib, o‘zidan oldinda ketayotgan haydovchi, 1979 yilda tug‘ilgan X.A. boshqaruvidagi ISUZU rusumli yuk avtomashinasining chap yon tomoniga urilib, YTH sodir etgan.
Natijada, ISUZU rusumli yuk avtomashinasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning o‘ng tomonidagi beton to‘siqqa urilishi oqibatida ag‘darilgan. Ag‘darilish natijasida, ushbu avtomashina haydovchisi 41 yoshli X.A. va avtomashina salonida bo‘lgan yo‘lovchi 17 yoshli A.N. og‘ir tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etishgan.
Mazkur YTH yuzasidan Paxtakor tumani IIB huzuridagi TB tomonidan dastlabki tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi