Jizzaxda asfalt yotqizish mashinasi 6 yoshli bolani bosib ketdi (video)

3-sahifa

image

Joriy yilning 7 sentyabr kuni Jizzax viloyati Paxtakor tumanida 6 yoshli bola asfalt yotqizish mashinasi ostida qolib ketdi. Bu haqda viloyat YHXB Matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, holat soat 17:10 atrofida Bog‘ishamol qishlog‘ida sodir bo‘lgan. 2016 yilda tug‘ilgan T.Sh. velosipedi bilan mahalla hududida ish jarayonini o‘tkazayotgan “Katok” rusumli asfalt yotqizish mashinasi orqa tomoniga yaqinlashgan. Haydovchi orqaga qarab harakatlangan paytida bola mashina bilan to‘qnashib, yiqilgan va u texnika ostida qolib ketgan.

Oqibatda bola voqea joyida vafot etgan. Holatga haydovchining beparvoligi, ish vaqtida xavfsizlik qoidalariga rioya qilinmagani, ish jarayoni ketayotgan ko‘chaning ikki tomoniga ogohlantiruvchi belgi qo‘yilmagani, haydovchi oldida uni ogohlantirib turishi kerak bo‘lgan yordamchi ishchilarning yo‘qligi sabab bo‘lgan.

Holat yuzasidan og‘ir texnika vositasi tegishli bo‘lgan firma rahbariga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 147-moddasi (Yo‘llarga, yo‘l inshootlariga, yo‘l harakatini tartibga solib turuvchi texnik vositalarga shikast yetkazish, ularni saqlash qoidalarini buzish) bilan ma’muriy bayonnoma tuzilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning iyun oyida Yangiyo‘lda 20 yashar haydovchi Nexia rusumli avtomobilida piyodani bosib ketgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

663

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing