Jizzaxda 102 yoshli onaxon koronavirusga qarshi emlandi

Jamiyat

image

Jizzax viloyatining Zarbdor tumanida 102 yoshga kirgan onaxon koronavirusga qarshi emlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Suymaxol Zulimova 1919 yilda tug‘ilgan bo‘lib, Zarbdor tumanining “Oqar” mahallasi Bahor ko‘chasida yashaydi.

“Bolam, jon shirin ekan, mana, men 102 yoshga kirib emlandim. Shifokorlar doim holimdan xabar olib turadi. Nojo‘ya ta’sirini sezmadim. Ilohim, yurtimiz doim tinch, yurtboshimiz omon bo‘lsin. Bu balo-yu ofatlardan tezroq xalos bo‘laylik”, deydi 102 yoshli onaxon.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1 aprelidan boshlab O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlash jarayonlariga start berilgan edi. 13 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlanganlar 25 mingdan oshdi

Yulduz Abdurashidova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

21

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing