Jizzaxda 10 ga yaqin mashina to‘qnashdi. Bir kishi qurbon bo‘ldi 

3-sahifa

image

Jizzaxda 3 ta “Zil-130”, yo‘l-patrul xizmati inspektorining Cobalt’ avtomobili, Damas va yana bir nechta mashinalar to‘qnashdi. Oqibatda 21 yoshli haydovchi halok bo‘ldi, yana ikki kishi jarohat oldi. Bu haqda viloyat IIB JXX YHXB Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, kecha, 18 avgust kuni soat 23:30 atrofida Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanidagi yo‘lda 52 yoshli haydovchi boshqaruvidagi "Zil-130" rusumli yuk avtomashinasi nosoz holda to‘xtab qolgan. 

Shu yerda xizmat olib borayotgan YPX inspektori Cobalt rusumli xizmat avtomobilida mayoqchalarini yoqib, harakat xavfsizligini ta’minlab turgan vaqtida, 21 yoshli zominlik haydovchi "Zil-130" rusumli yuk mashinasi bilan YPX inspektorining xizmat avtomobilini chap tomonini qirib o‘tib, oldinda to‘xtab turgan yuk mashinasining orqa qismiga urilgan.

Yuzaga kelgan tirbandlik tufayli to‘xtab turgan 26 yoshli buxorolik haydovchi boshqaruvidagi Damas orqasidan harakatlanib kelayotgan 24 yoshli zominlik haydovchi boshqaruvidagi “Zil-130” rusumli yuk avtomashinasining tormoz tizimi ishlamay qolishi oqibatida, oldindagi avtomobillarning o‘ng tomoni va bordyur o‘rtasidan yurib ketgan. Shu taqlid yuk mashinasi Samarqand viloyati Qo‘shko‘pir tumanida yashovchi 53 yoshli piyodani urib yuborib, harakatlanishda davom etgan va Cobalt rusumli YPX xizmat avtomashinasining orqasiga urilgan.

YTH oqibatida 21 yoshli "Zil-130" rusumli haydovchisi voqea joyida vafot etgan va ikki nafar fuqaro tan jarohati olgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

341

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing