Jizzax viloyati hokimiga ikki nafar o‘rinbosar tayinlandi
Jamiyat
−
19 yanvar 2021
7532Bugun, 19 yanvar kuni Xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi. Unda viloyat hokimi Ergash Saliyevga ikki nafar yangi o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda Jizzax viloyati hokimligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari Qahramon Quranboyev, viloyat hokimi Ergash Saliyev, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari, viloyat hokimi o‘rinbosarlari, sektorlar, tashkilot va korxonalar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etgan.
Sessiya kun tartibidagi masala bo‘yicha viloyat hokimi Ergash Saliyev so‘zga chiqib, Forish tumani hokimi bo‘lib, ishlab kelgan Abdivali Saidovich Mustanovni Jizzax viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga va Jizzax viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi Pudrat va maxsus montaj ishlari bozorini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlab kelayotgan Baxrom Amonovich Nazarov nomzodlarini tavsiya etdi.
Ushbu taklif Xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashi deputatlari tomonidan ma’qullangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Forish tumaniga yangi hokim tayinlangandi.
LiveBarchasi