Jizzax va Andijonda gaz mansabdorlariga jinoiy ish qo‘zg‘atildi

3-sahifa

image

Andijon va Jizzax viloyatlarida gaz hisoblash uskunalarini talon-toroj qilish holatlari aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma’lum qildi.

)Qayd etilishicha, “Hududgaz Andijon” gaz ta’minoti filialining Andijon shahar bo‘limi mansabdor shaxslari va boshqalar 839 mln so‘mlik gaz hisoblash uskunalarini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.

Shuningdek,  Jizzaxda “Sharof Rashidov tumangaz” gaz ta’minot bo‘limi mansabdor shaxslari jami 93 mln so‘mlik gaz hisoblash uskunalarini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

292

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing