Jizzax shahriga yangi hokim tayinlandi

Jamiyat

image

Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumanining sobiq hokimi Jizzax shahriga hokim qilib tayinlandi. Bu haqda viloyait hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi. 

Bugun 19 yanvar kuni Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazilgan.
Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari Qahramon Quranboyev, viloyat hokimi Ergash Saliyev, xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari, shahar hokimi o‘rinbosarlari va mutasaddi xodimlari, sektorlar, tashkilot va korxonalar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etgan.

Sessiya kun tartibidagi masala bo‘yicha viloyat hokimi Ergash Saliyev so‘zga chiqib, Jizzax shahar hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Akbar Safarovich Shukurovni boshqa lavozimga o‘tganligi munosabati bilan, Jizzax shahar hokimi lavozimiga Komil Adhamovich Xolmurodov nomzodini tavsiya etgan.

Ushbu taklif Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputatlari tomonidan ma’qullangan. Komil Xolmurodov bugun Xalq deputatlari Mirzacho‘l tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tuman hokimi lavozimidan ozod etilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

296

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing