Jizzax hokimiga yangi “zam” tayinlandi
Jamiyat
−
02 avgust 2023
8726Jizzax viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga Hamid Alisher o‘g‘li Hasanov tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Bunga qadar u Jizzax viloyati hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” DUKda direktor bo‘lib ishlagan.
Ma’lumot uchun, Hamid Hasanov 2017 yilda Jizzax politexnika institutini bino va inshootlar qurilishi, sanoat va fuqaro binolari qurilishi bo‘yicha mutaxassislik yo‘nalishini tugatgan.
LiveBarchasi