Jizzahda mudhish YTH sodir bo‘ldi. Qurbon bor

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Jizzax viloyatida sodir bo‘lgan YTH oqibatida bir nafar fuqaro vafot etgan, ikki nafari og‘ir tan jarohati olgan. Bu haqda IIV YHXBB Axborot xizmati xabar bermoqda

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 6 aprel kuni soat 14:30 larda Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanidan o‘tgan xalqaro Toshkent – Termiz yo‘nalishidagi “M-39” yo‘lida yo‘l-transport hodisasi yuz bergan. 

Ma’lum qilinishicha, KMC rusumli yuk avtomobili boshqaruvidagi haydovchi o‘zidan oldingi Lacetti rusumidagi avtomobilning orqa qismiga urilishi oqibatida Lacetti  qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib ketib, ushbu yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan VAZ-2106 rusumidagi avtomobil bilan to‘qnashib pastlikka tushib ketgan.

Mazkur yo‘l-transport hodisasi oqibatida 2 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohati olib, 1 nafar fuqaro voqea joyida vafot etgan.

Umida Sattorova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

289

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing