Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha malaka oshirish instituti tashkil etiladi

Jamiyat

image

Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutiga aylantiriladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining “Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan. 

Institutning vazifalari quyidagilardan iborat bo‘ladi:

•  maktabgacha ta’lim tashkilotlarining jismoniy tarbiya instruktorlari, umimiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim, professional ta’lim muassasalarining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari, oliy ta’lim muassasalarining jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishlari bo‘yicha rahbar va pedagog kadrlari, olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlari, sport turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlari, sport maktablarining rahbar kadrlari, instruktor-metodistlari, maxsus fan o‘qituvchilari, trenerlari, sport psixologlari, maxsus xizmat xodimlari hamda sport tashkilotlarining jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarini qayta tayyorlaydi va malakasini oshiradi;

•  mehnat bozori ehtiyojlarini hisobga olgan holda, kasbiy ma’lumotga ega bo‘lmagan sport ta’lim muassasalari xodimlari uchun qo‘shimcha ixtisoslik bo‘yicha pulli asosda qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini tashkil etadi;

•  jismoniy tarbiya va sport ta’lim tizimida ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etadi;

•  o‘quv-mashg‘ulot jarayoniga, xususan sport ta’lim muassasalari amaliyotiga zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni, o‘qitishning samarali shakllari va usullarini joriy etadi;

•  sport ta’lim muassasalari faoliyati samaradorligini oshirish, o‘z filiallari faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda ilmiy-metodik ishlarni tashkil etadi;

•  xalqaro aloqalarni kengaytiradi va mustahkamlaydi, konferensiyalar, ko‘rgazmalar va boshqa tadbirlar o‘tkazish orqali jismoniy tarbiya va sport sohasida mamlakatimiz yutuqlarini xalqaro darajada keng yoritadi, xorijiy ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

53

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing