Jinsini o‘zgartirgan nyusmeyker o‘z joniga qasd qildi

Olam

image
Julian Assanjning sudi boshlandi north_east

Julian Assanjning sudi boshlandi

“WikiLeaks” nashrining sobiq xabarchisi Chelsi Menning o‘z joniga qasd qilishga urinishdan so‘ng shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda uning advokati ma’lumotiga tayanib, “New York Times” xabar bermoqda.
 
Menning 2019 yilning may oyidan beri Virjiniya shtatining Aleksandriya shahridagi tergov hibsxonasida qolmoqda. Shahar ma’muriyatining tasdiqlashicha, u kecha, 11 mart kuni hibsxonada o‘z joniga qasd qilgan. “Ayni paytda u xavfsizlikda”, dedi shahar sherifi.

"Uning bu xatti-harakati doimiy chekayotgan azoblarining samarasidir", deydi advokat.

Ma’lumot o‘rnida, Virjiniya shtati sudi Menningni 2019 yilning may oyida hibsga olish uchun qaror chiqardi. Bunga qadar u ko‘rsatuv berishdan bosh tortgani uchun ikki oy qamoqxonada o‘tirgan edi. Sud Menning aynan nima haqida guvohlik berishi zarurligini ma’lum qilmagan. Ammo u va advokatlarining xabar berishicha, gap “WikiLeaks”ga qarshi qaratilgan ayblov haqida bormoqda.

Amerikalik harbiy Bredli Menning 2010 yil may oyida Iroqda hibsga olingan. U “WikiLeaks” saytiga tinch aholining hayotiga zomin bo‘lgan aviazarbalar, Afg‘oniston va Iroqdagi urush jabhalarida yuz bergan voqealar, Guantanamo qamoqxonasidagi mahbuslar to‘g‘risida minglab xabarlar jo‘natgan. Ta’qiblardan so‘ng u jinsini o‘zgartirib, Chelsi Menning nomini olgan edi.

Tribunal 2013 yilda unga 35 yillik qamoq hukmini o‘qidi. AQSHning sobiq Prezidenti Barak Obama lavozimini tark etishidan avval bu hukmni yengillashtirdi. Menning 2017 yilning may oyida qamoqxonadan ozod etilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

WikiLeaks

Baholaganlar

575

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing