Jigarda qanday og‘ir xastaliklar uchrashi mumkin?
Salomatlik
−
29 iyun 2021
9829Jigar – inson organizmida ovqat hazm qilish tizimining eng katta “ bezi” hisoblanadi. U tanadagi o‘zini o‘zini tiklab oluvchi yagona a’zo. U organizmni zararli allergen va zaharli moddalardan himoya qiladi. Ovqat hazm bo‘lishida va oziq moddalarining ichakdan qonga so‘rilishida muhim rol o‘ynaydi. Qon ivishida va boshqa ko‘plab zaruriy moddalarni sintez qilishda bosh vazifalardan birini bajaradi.
Alkogolizm va hazm qiluvchi a’zolarning surunkali kasalliklari sababli organizmda zararli moddalar ko‘payib ketsa, jigar funksiyalari buziladi. Bunday kutilmagan o‘zgarishlar sababli jigarda og‘ir kasalliklar paydo bo‘ladi.
Jigar tanamizda metabolik (hujayralararo suyuqlikdagi almashinuv), ekskretor (organizimdan o‘t bilan jigarning o‘zida sintezlangan va qonda ushlab qolingan birikmalarni chiqarish) va to‘siq kabi eng muhim vazifalarini bajaradi. Bulardan tashqari tanamizdagi 500 dan ortiq eng muhim funksiyalarni bajaruvchi ushbu organizm, ko‘pincha o‘zidagi salbiy o‘zgarish va kasalliklar rivojlanayotganini sezdirmaydi. Jigardagi ko‘plab kasalliklarning rivojlanish jarayoni tinch o‘tadi. Shu sababli ham ko‘pchilik shifokorlar jigarni “indamas a’zo” deb atashadi. “Indamas a’zo”dagi kasalliklarni faqat umumiy qon tahlilining natijalari orqali aniqlash mumkin.
Jigarda uchrovchi xastaliklar:
• Jigar sirrozi;
• Surunkali virusli Gepatit C;
• Surunkali virusli Gepatit B;
• Birlamchi safro sirrozi;
• Birlamchi sklerozli xolangiti;
• Alkogolli gepatopatiya;
• Steatoz va alkogolizm steagepatiti;
• Jigar saratoni.
Agar sizda sababsiz ko‘karishlar, charchoq, terida va ko‘zda kuzatiladigan sarg‘ayishlar, qorindagi og‘riq, qorin kattalashuvi kabi alomatlar kuzatilsa, albatta shifokorga murojaat qiling! Shuningdek bu vaziyatda sog‘lig‘ingizga jiddiyroq e’tibor qarating! Aks holda, sizda biz yuqorida sanab o‘tgan xastaliklar rivojlanishi mumkin.
Jigardagi surunkali gepatitning og‘ir C va B ko‘rinishlari asosan spirtli ichimliklarni ko‘p iste’mol qilish, qon tomirlaridagi o‘zgarishlar va safro chiqish yo‘llaridagi (Safro - o‘t pufagida saqlanadigan jigar tomonidan ishlab chiqarilgan suyuqlik) muammolar oqibatida yuzaga keladi. Bu kasalliklar jigar sirroziga aylanib, ushbu a’zo hujayralarini nobud bo‘lishiga va undagi holatni buzilishiga olib keladi.
Jigarda uchrovchi kasalliklarning o‘tkir darajasini paydo bo‘lishiga ba’zida dori vositalarini noto‘g‘ri qabul qilish ham sabab bo‘ladi.
Durdona Pirnazarova
LiveBarchasi