Jiddadan Olmaotaga uchayotgan samolyot Toshkentga qo‘ndi

Jamiyat

image

Noqulay ob-havo sharoiti tufayli  Jidda-Olmaota yo‘nalishida uchayotgan samolyot Toshkentga qo‘ndi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” xabar berdi.

"Flynas" aviakompaniyasining Jidda-Olmaota yo‘nalishida uchayotgan XY675 yo‘lovchi reysi Olmaota shahrida noqulay ob-havo sharoiti (tuman, ko‘rish masofasi 200 metr) tufayli Toshkent xalqaro aeroportidagi muqobil aerodromga qo‘ndi.

Samolyot Toshkentga mahalliy vaqt bilan soat 10:41 da kelib qo‘ngan. Bort yaqin soatlarda o‘z manzil aeroportiga uchib ketishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing