“Jeyms Bond” filmi musiqasi bastakori Monti Norman vafot etdi

Madaniyat-san’at

image

Britaniyalik taniqli bastakor Monti Norman kecha, 11 iyul kuni 94 yoshida vafot etdi.

Monti Norman 1928 yilning 4 aprel kuni sharqiy Londonda tug‘ilgan. Latviyadan Buyuk Britaniyaga ko‘chib kelgan muhojirlar oilasida tug‘ilgan Norman 16 yoshida onasi sovg‘a qilgan gitara sababli musiqaga mehr qo‘yadi. 

1950-1960 yillarda Monti Norman turli musiqiy guruhlarda o‘zini qo‘shiqchi sifatida ham sinab ko‘radi. Ammo unga chinakam omad u bastalagan musiqalar ortidan keladi. 1962 yilda unga britaniyalik ayg‘oqchilar haqida hikoya qiluvchi yangi “Doktor Nou” filmiga musiqa bastalash taklifi beriladi. Film prodyusserlari Monti Normanni ko‘ndirish maqsadida uni rafiqasi bilan Yamaykaga sayohat uchun taklif qilishadi va barcha xarajatlarini qoplashadi. Natijada Monti Norman tomonidan “Agent 007” sarguzashtlari haqidagi filmlar ramziga aylangan musiqa bastalanadi va 1962 yildan keyin ishlangan “Agent 007” haqidagi deyarli barcha filmlarda uning musiqasidan foydalanilgan.

Shuningdek Monti Norman tomonidan o‘tgan asrda ishlangan “Doktor Jekilaning ikki yuzi”, “Yer yonib ketgan kun” va “Meni Bvana deb chaqiring” kabi filmlar uchun ham musiqalar bastalagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

59

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing