Jeparov “Lokomotiv” sport direktori lavozimiga tayinlandi
Sport
−
15 iyun 2022 4368 1 daqiqa
“Lokomotiv” futbol maktabida faoliyat yuritib kelayotgan Server Jeparov endilikda klub sport direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda "temiryo‘lchilar"ning matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etish joizki, Jeparov 2016 yilda futbolchi sifatida “Lokomotiv” safida o‘ynagan.
Ma’lumot uchun Server futbolchilik faoliyati davomida O‘zbekistonning “Navbahor”, “Paxtakor”, “Bunyodkor”, “Lokomotiv”, “Metallurg”, Janubiy Koreyaning “Seul”, “Seongnam”, “Ulsan”, Saudiya Arabistonining “Ash-Shabab”, Eron chempionatining “Istiqlol”, “Sepaxon” va Qozog‘istonning “Jetisu” klublarida to‘p surgan. Shuningdek yarim himoyachi Osiyoning eng yaxshi futbolchisiga topshiriladigan sovrinni 2 marotaba qo‘lga kiritgan.
Eslatib o‘tamiz Server Jeparov 2019 yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan.
Ma’ruf Abdumalikov
Live
Barchasi