Taniqli operachiga ham amal berildi

Madaniyat-san’at

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Jenisbek Piyazov Maktabgacha ta’lim vazirining maslahatchisi etib tayinlandi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, Maktabgacha ta’lim vazirining buyrug‘iga bilan Jenisbek Piyazov madaniyat va san’atni rivojlantirish yo‘nalishlari bo‘yicha jamoatchilik asosida maslahatchi etib tayinlangan.

Ma’lumot uchun, opera xonandasi Jenisbek Piyazov 1988 yilda Qoraqalpog‘istonning Nukus shahrida tug‘ilgan. 2007 yilda Nukus madaniyat va san’at kollejini tamomlagan.  

U 2019 yilda Italiyaning Milan shahridagi jahonga mashhur La Skala teatri sahnasida qo‘shiq kuylagan birinchi o‘zbek san’atkori sanaladi.

Shuningdek, 2012 yilda Qoraqalpog‘istonda hamda 2014 yilda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, 2021 yilda esa O‘zbekiston xalq artisti unvoniga sazovor bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

745

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing