Jek Ma bir necha oydan so‘ng ilk bor jamoatchilikka ko‘rinish berdi

Olam

image

Alibaba kompaniyasi asoschisi, xitoylik milliarder Jek Ma bir necha oy ichida ilk bor jamoatchilikka ko‘rinish berdi. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.

Qayd etilishicha, milliarder Alibaba kompaniyasining bosh qarorgohi joylashgan Sharqiy Xitoyning Xanchjou shahridagi Yungu maktabiga borgan. Ma kompaniya tomonidan moliyalashtiriladigan maktabda ekani aks etgan suratlarni o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga joylashtirgan. 

Yungu maktabining WeChat ijtimoiy media kanalida e’lon qilingan maqolada aytilishicha, u maktabga borgan vaqtda ChatGPT chatbotining potensial imkoniyatlarini muhokama qilgan va bir kun kelib yana o‘qituvchilikka qaytish istagini bildirgan. Aytish joiz, milliarder Alibaba'ga asos solishidan avval ingliz tili o‘qituvchisi bo‘lib ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, Ma 2020 yil Xitoy bank tizimi va regulyatorini tanqid qilganidan so‘ng uning hukumat bilan munosabatlari sovuqlashgandi. Xitoy hukumati o‘sha yilning noyabr oyida uning Ant Group IPO'sini to‘xtatib qo‘ygan. Keyinroq Alibaba'ga nisbatan monopoliya tekshiruvi o‘tkazilgan va kompaniya Xitoy tarixidagi eng katta – 18,23 milliard yuan (2,64 milliard dollar) miqdorida jarimaga tortilgandi

O‘shandan beri Bloomberg'ning milliarderlar indeksiga ko‘ra, 33 milliard dollar miqdoridagi boylikka egalik qiluvchi Jek Ma bir muddat g‘oyib bo‘lgandi. O‘tgan yilning noyabr oyida “Financial Times” gazetasi u Tokioda yashayotgani hamda Avstraliya va Tailandda ham suratga tushgani haqida xabar bergandi

Xitoyning eng ko‘zga ko‘ringan ishbilarmonlaridan birining uzoq vaqtga yo‘q bo‘lishi Xitoy Kommunistik partiyasining sanoat ustidan hukmronlik qilayotgani sifatida ko‘rildi. Maning Xitoyga qaytishi mamlakat hukumatining kompaniyalarga nisbatan bosimni yumshatganini anglatishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.

Nodirjon Madaminov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing