JCHni yutishga asosiy da’vogar jamoalar reytinggi tuzildi
Sport
−
01 aprel 2022
5404Joriy yilning 21 noyabridan to 18 dekabrigacha futbol bo‘yicha, navbatdagi Jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Unga Qatar mezbonlik qiladi.
Hozirda, mundialda ishtirok etadigan 29 ta jamoaning nomi aniq bo‘lib ulgurgan. Shuning uchun, Angliyaning “Goal” nashri har bir terma jamoaning Jahon chempionatida zafar quchish imkoniyatini baholab chiqdi va reyting tuzdi.
Mundialda g‘alaba qozonish imkoniyati eng yuqori baholangan 10 ta jamoa bilan tanishing.
1. Fransiya;
2. Angliya;
3. Braziliya;
4. Ispaniya;
5. Germaniya;
6. Argentina;
7. Belgiya;
8. Daniya;
9. Portugaliya;
10. Niderlandiya.
Osiyo jamoalari orasida eng yuqori o‘rinda Janubiy Koreya qayd etilgan, ya’ni koreyaliklar 20 pog‘onada joy olgan. Shuningdek, Saudiya Arabistonining Jahon chempionatida zafar quchish imkoniyati juda past baholangan.
Ma’ruf Abdumalikov
LiveBarchasi